Argentina terma jamoasi Amerikaning Kolledj-Steyshen shahrida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Gonduras terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yinning 37-daqiqasida hujumchi Lautaro Martines penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 54-daqiqada esa forvard Juliano Simeone ikkinchi golni kiritdi.

JCh-2026 final bosqichida Argentina Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: www.stadion.uz.