FIFA kunlaridan foydalanib terma jamoalar xalqaro o'rtoqlik o'yinlari o'tkazmoqda.

Shunday o'yinlardan birida Yaponiya o'z maydonida Ganani qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Takumi Minamino (16) va Ritsu Doan (60) gollarga mualliflik qildi.

Shuningdek, Janubiy Koreya ham o'z uyida Boliviyaga qarshi bahsda 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarni Son Xyon Min (57) va Cho Gyu Son (88) kiritdi.

Manba: www.stadion.uz.