O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston Xitoy bilan jangovar durangga imzo chekdi

BAAda yig'ini o'tkazayotgan Fabio Kannavaro boshchiligidagi O'zbekiston milliy jamoasi bugun Xitoyga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Bahsning birinchi bo'limi xitoyliklarning ustunligi ostida o'tdi hamda ular 12 va 20-daqiqalarda ikkita gol urishdi.
Jamoamiz esa ikkinchi bo'lim so'ngida ikkita gol urib, hisobni tenglashtirishdi. 90+1-daqiqada Javohir Husanov ilk golni urgan bo'lsa, qo'shib berilgan 15-daqiqada Behruz Karimov ikkinchi golga mualliflik qildi.
O'rtoqlik o'yini
O'zbekiston - Xitoy - 2:2
Gollar: Xitoy 12ʼ (penalti), 20ʼ — Javohir Husanov 91ʼ, Behruz Karimov 105ʼ.
O'zbekiston milliy jamoasi 30 yanvar kuni Armanistonning «Urartu» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: stadion.uz