Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O'zbekiston U23 jamoasi Turkiyada kecha Albaniya olimpiya jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda vakillarimiz 2:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Jamoamiz safida Ro'ziboy Fayzullaev ilk golni urgan bo'lsa, bu safar zaxiradan maydonga tushirilgan Firdavs Abdurahmonov yana o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

O'rtoqlik o'yini. Turkiya
Albaniya – O'zbekiston – 3:2
Gollar: Rasiha Ermir 17ʼ, Brruti Etnik 31ʼ, 33ʼ — Ro'ziboy Fayzullaev 22ʼ, Firdavs Abdurahmonov 70ʼ.

Manba: stadion.uz