O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston U-17 terma jamoasi Yamanni mag'lub etdi

O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi oldidan Yamanga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi. Uchrashuvda Sergey Chigodaev jamoasi 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.
Jamoamizning gollariga Jahongirmirzo O'ktamboev (12’) va Ahror Ravshanbekov (78’) mualliflik qilishdi. Raqib esa o'yin tugashiga 5 daqiqa qolganida hisobni tenglashtirdi.
Yopiq eshiklar ortida o'tgan bugungi bahsda barcha futbolchilarning imkoniyatlari sinovdan o'tkazilib, o'yin amaliyoti taqdim etildi.
Manba: stadion.uz