Sergey Chigodaev qo'l ostidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi bugun vengriyaliklarga qarshi navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Unda 2:1 hisobida o'zbekistonlik futbolchilar g'alaba qozondi. Muhammad Mamatov va Suhrob Sadirjonov gollarga mualliflik qildi.

Bu jamoalar o'rtasidagi ilk bahsda 3:2 hisobida vengriyalik futbolchilar muvaffaqiyat qozongandi.

Xalqaro o'rtoqlik o'yini

Vengriya – O'zbekiston 1:2

Gollar: Samfalvi Barna 3 – Muhammad Mamatov 52, Suhrob Sadirjonov 53.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan