O'zbekiston U-16 terma jamoasi Chernogoriyaga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

O'yinda katta tashabbusga ega bo'lgan o'zbekistonlik o'smirlar 6:1 hisobida evropalik tengqurlaridan ustun kelishdi. Suhrob Sadirjonov dublga erishdi.

Dastlabki bahsda ham Sergey Chigodaev shogirdlari 3:2 hisobida g'alaba qozongandi.

U16 o'rtoqlik o'yini
Chernogoriya - O'zbekiston - 1:6
Gollar: Chernogoriya 39 — Sadirjonov 31, 36, Aliev 42, Abduraimov 51, Hayitmurodov 82, Orifxonov 83.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan