O'rtoqlik o'yini. Niderlandiya terma jamoasi kambek amalga oshirib, Norvegiyani mag'lub etdi

Niderlandiya va Norvegiya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Amsterdam shahridagi «Yoxan Kroyff Arena» stadionida o'tgan bahsni belgiyalik hakam Lourens Visser boshqardi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo'lim o'rtalarida mehmonlar hujumchisi Andreas Shelderup hisobni ochdi. 35-daqiqada Niderlandiya himoyachisi Virjil van Deyk muvozanatni tikladi. 51-daqiqada esa yarim himoyachi Teyani Reynders Niderlandiyani oldinga olib chiqdi.
Har ikki jamoa ham 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Niderlandiya terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Tunis va Evropa saralashining B yo'li g'olibi bilan o'ynaydi. Norvegiya esa "I" guruhida Frantsiya, Senegal va qit'alararo pley-offning 2-yo'li g'olibi bilan bahs olib boradi.
O'rtoqlik uchrashuvi
27 mart 2026 yil, juma.
Niderlandiya — Norvegiya - 2:1
Gollar: 0:1 — Shelderup (24), 1:1 — van Deyk (35), 2:1 — Reynders (51)