Jahon chempionati–2026ga tayyorgarlik doirasida AQSh va Germaniya milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Chikago shahridagi «Soljer Fild» stadionida kechgan bahs Germaniya terma jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yinning 2-daqiqasida Kay Haverts hisobni ochib, nemislarni oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada Entoni Robinson AQShning javob golini kiritdi. 57-daqiqada esa Leroy Sane Germaniyaning g'alaba goliga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, JCh–2026 guruh bosqichida Germaniya E guruhida Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

AQSh terma jamoasi esa musobaqa mezbonlaridan biri sifatida Jahon chempionatida ishtirok etadi. Amerikaliklar D guruhida Paragvay, Avstraliya va Turkiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: championat.com