Germaniya va Gana terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Jamoalar Germaniyaning Shtutgart shahridagi «Shtutgart Arena» stadionida bahs olib borishdi. Mazkur bahsda Evropa vakillari 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

45+3-daqiqada Germaniya hujumchisi Kay Xaverts penaltidan hisobni ochdi. 70-daqiqada afrikaliklar hujumchisi Issaaku Fatavu hisobni tenglashtirdi. 88-daqiqada esa Deniz Undav Germaniyaga g'alaba keltirgan golni urdi.

Avvalroq, 27 mart kuni Germaniya Shveytsariyani 4:3 hisobida mag'lub etgan edi. Shu kuni Gana esa Avstriyaga 1:5 hisobida yirik mag'lubiyatga uchragandi.

O'rtoqlik o'yini
30 mart 2026 yil, dushanba.
Germaniya — Gana — 2:1
Gollar: 1:0 — Kay Xaverts (45+3, penalti), 1:1 — Issaaku Fatavu (70), 2:1 — Deniz Undav (88)

Manba: stadion.uz