O'rtoqlik o'yini. Braziliya terma jamoasi Xorvatiyani ishonchli hisobda mag'lub etdi (videosharh)

Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. O'yin AQShning Orlando shahridagi «Orlando Sitrus Boul» stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda braziliyaliklar 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda himoyachi Danilo Vinisius Juniorning uzatmasidan foydalanib hisobni ochdi. 84-daqiqada xorvatiyalik yarim himoyachi Lovro Mayer muvozanatni tikladi. Oradan to'rt daqiqa o'tib, braziliyalik hujumchi Igor Tyago penaltidan aniq zarba yo'llab, jamoasini yana oldinga olib chiqdi. 90+2-daqiqada esa Gabriel Martinelli Endrikning pasidan keyin yakuniy hisobni o'rnatdi.
Avvalroq o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Braziliya Frantsiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi, Xorvatiya esa Kolumbiyani 2:1 hisobida enggan edi.
O'rtoqlik o'yini
2026 yil 1 aprel, chorshanba. 05:00
Braziliya — Xorvatiya — 3:1
Gollar: Danilo 45+2 (1:0), Mayer 84 (1:1), Tyago 88 (2:1), Martinelli 90+2 (3:1)