O'rinboev 1 taym o'ynagan uchrashuvda "Antverpen" o'z maydonida "Gent"ga yutqazdi

O'zbekiston U23 terma jamoasi sardori Muhammadali O'rinboev harakat qilayotgan "Antverpen" Belgiya chempionati 7-turida "Gent"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
O'zbekistonlik futbolchi ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushdi.
"Antverpen" 9 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinda. "Gent" 8 ochko bilan 8-pog'onada.