"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Niko O'Raylining holati haqida fikr bildirdi.

Angliya chempionatining o'tgan turida "Everton"ga qarshi kechgan bahsda (2:0) 20 yoshli futbolchi o'yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida maydonni tark etgan edi.

"Menimcha, u shunchaki lat egan. Menimcha, bu jiddiy narsa emas. O'lmasak, ko'raveramiz, lekin umid qilamanki, bu xavfli emas," - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Report.

Joriy mavsumda O'Rayli barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.