O'Rayli: "Arsenal"ga bosim o'tkazishda davom etishimiz kerak"

"Manchester Siti" futbolchisi Niko O'Rayli Londonning "Arsenal" jamoasi bilan bo'ladigan chempionlik poygasi haqida gapirdi.
"Shaharliklar" "kanonirlar"dan besh ochko ortda qolmoqda.
"Biz shunchaki "Arsenal"ga bosim o'tkazishda davom etishimiz kerak - hali farq katta. Biz yaxshi ishlashda davom etishimiz kerak. Bizni oldinda "Arsenal"ga qarshi o'yin kutmoqda. Biz birdam bo'lishimiz, taslim bo'lmasligimiz, xotirjamlikni saqlashimiz va astoydil mehnat qilishimiz kerak - bu eng muhimi.
Murabbiylar va sardorlarimiz bizga yordam berishadi va kerak bo'lganda bizga dalda berishadi", - dedi O'Rayli.