O'mon Toshkentga 26 futbolchi bilan keldi

Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi kubogida ishtirok etish uchun O'mon terma jamoasi Toshkentga etib keldi.
Bugungacha jamoa portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrush boshchiligida Turkiyada "Fenerbaxche" klubi bazasida 8 kun davomida yig'in o'tkazdi.
Yig'inda asosiy e'tibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga qaratildi. Chunki futbolchilar yangi mavsum oldidan klublari bilan etarli mashg'ulot o'tkazmagan va mahalliy chempionatda ham bor-yo'g'i bitta tur o'tkazilgan edi. Karlush Keyrush Instagram orqali "Aziz muxlislar, futbolchilar va murabbiylar shtabi! Birlashish vaqti keldi. Egoizmga yoki orzu-umidimizni qo'llab-quvvatlamaydiganlarga o'rin yo'q. Hushyor bo'ling, chodir ichidagi soxta do'st mingta tashqi dushmandan ham xavfliroq", — deb yozdi.
Toshkentga kelgan O'mon terma jamoasi ro'yxatida 26 nafar futbolchi bor:
Darvozabonlar — Ibrohim Muhayniy, Fayz ar-Rashidiy, Bilol al-Balushiy, Ahmad ar-Ruvahiy.
Himoyachilar — Ahmad al-Ka'biy, Ali al-Busa'idiy, Mahmud al-Mushayfiriy, Mus'ab ash-Shaqsiy, Amjad al-Horisiy, Soniy ar-Rashidiy, G'onim al-Hubshiy.
Yarimhimoyachilar — Sulton Badr al-Marzuqiy, Ohod al-Hubshiy, Mus'ab al-Ma'moriy, Horib as-Sa'diy, Arshad al-Alaviy, Abdulloh Favvoz Arafa, Xotam ar-Ruvahiy, Zohir al-Ag'bariy, Jamil al-Yahmadiy, Ahmad ar-Riyomiy, Nosir ar-Ruvahiy, Saloh al-Yahyoiy.
Hujumchilar — Muhammad bin Muborak al-G'ofiriy, al-Munzir al-Alaviy.
O'zbekistonga qarshi ilk uchrashuvdan keyin jamoaga yana uch futbolchi — Muxsin al-G'assoniy, Xolid al-Briykiy va Abdurrahmon al-Mushayfiriy qo'shiladi. Shuningdek, Isom as-Subhiy ham kelishi mumkin, ammo bu uning klubi — Iroqning "Quva al-Javiyya" jamoasi roziligiga bog'liq.
Bu O'mon milliy terma jamoasining Toshkentga to'rtinchi tashrifidir. Birinchi marta jamoa 2002 yilgi JCh saralashida doirasida Toshkentda O'zbekistonga 0:5 hisobida yutqazgan.
2014 yil 27 va 29 may kunlari o'monliklar O'zbekiston mehmoni bo'lgan: avval Olmaliqda 1:0 hisobida g'alaba qozongan (gol muallifi — Ahmad bin Muborak Kanu), keyin esa Toshkentdagi "Jar" stadionida 1:0 hisobida (gol muallifi — Iyd al-Forsiy) g'alaba qozongan. Keyingi tashrif esa ikki yil oldin Markaziy Osiyo chempionatida bo'lib o'tgan va o'sha uchrashuvda O'zbekiston 3:0 hisobida g'alaba qozongan.