O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hamda O'zbekiston professional futbol ligasi vakillari ishtirokida kelgusi yil uchun asosiy yo'nalishlar bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

• 2026 yilgi taqvimni puxta rejalashtirish;

• musobaqalar reglamentini takomillashtirish;

• o'quv kurslarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish;

• o'yin intensivligini kuchaytirish;

• sof o'yin vaqtini ko'paytirish;

• analitik ko'rsatkichlar va monitoring tizimini yaxshilash;

• futbol maktablari va futbol akademiyalarini tizimli rivojlantirib borish;

• hakamlar faoliyatini rivojlantirish;

• Proliga faoliyatini takomillashtirish kabi masalalar ko'rib chiqildi.

Ushbu uchrashuv futbolimizda sifat, tartib va samaradorlikni oshirishga qaratilgan kelgusi yilgi rejalar uchun muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.