O'FA Toshkentda Ozarbayjon futbol federatsiyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi delegatsiyalari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va futbol sohasining ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, hakamlik tizimini takomillashtirish, yosh hakamlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, futbolni raqamlashtirish, zamonaviy IT echimlardan foydalanish va bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirish yo'nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo'shma loyihalarni davom ettirishga kelishib oldi.
Manba: https://t.me/FAUzbekistan