O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida terma jamoalar bo'limi sobiq boshlig'i Sherzod Igamberdiev o'z istagiga ko'ra lavozimini tark etganini e'lon qildi.

«Jimgina rozi bo'lib, oqim bilan birga ketish mumkinmidi? Ha, mumkin edi. Mukofotlar, AQShga safar va chiroyli suratlar uchun. Biroq men bu jamoani juda yaxshi ko'raman va mamlakatimizni juda qadrlayman. Shuning uchun - yo'q. Men bu tsirkning bir qismi bo'lmayman!», - deb yozdi Igamberdiev o'z ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.