"Nyukasl Yunayted" Niko Gonsales transferi borasida "Manchester Siti" bilan kelishib oldi

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Gonsales 2025 yilning fevral oyidan beri "shaharliklar" safida to'p tepib kelmoqda. O'tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 mln evroni tashkil etadi.
Kommentariyalar