"Nyukasl" yarim himoya etakchisini "Yuventus"ga qo'yib yubormoqchi emas

"Nyukasl"ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali "Yuventus"dan jiddiy qiziqish bo'layotganiga qaramay, klubda qolishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, "Yuventus" Tonalini A Seriyaga qaytarmoqchi, ammo "qarg'alar" 25 yoshli futbolchisini olib qolmoqchi. Manbaga ko'ra, klub Tonali bilan mehnat shartnomasini uzaytirishi uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.
Bu mavsumda xavbek barcha musobaqalarda 9 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.