Angliyaning «Nyukasl Yunayted» klubi rasmiy saytida 2026/2027 yillar mavsumi uchun mo'ljallangan yangi safar libosi to'plamini namoyish etdi.

«Biz 2026/2027 yillar mavsumi uchun mo'ljallangan adidas safar libosimizni rasman taqdim etdik. Bulajak mavsumda «Nyukasl Yunayted» safar o'yinlarida jozibali to'q ko'k rangli libosda maydonga tushadi.

Futbolkaning to'q ko'k rangli V-simon yoqasi shahrimizning boy merosini ulug'laydigan klubning tarixiy qasri tasviri bilan bezatilgan. Boy tariximizga hurmat belgisi sifatida, futbolkada 70- va 80-yillardagi logotipdan ilhomlanilgan «Nyukasl Yunayted»ning vintaj emblemasi ham aks ettirilgan», — deyiladi klub xabarida.

Manba: Stadion.uz