«Nyukasl» ustozi Gimaraesning jarohati haqida to'xtaldi

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau markaziy yarim himoyachi Bruno Gimaraesning jarohati borasida o'z fikrlarini bildirdi.
«Qarg'alar» etakchisi «Tottenxem»ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvda tizza osti payini shikastlab oldi — u ikki oyga safdan chiqdi.
«Uning tezroq tuzalishi uchun biror sehrli vosita bor deb o'ylamayman. Menimcha, u mart oyidagi xalqaro tanaffus yakunida mashg'ulotlarga qaytadi. Bu biz uchun katta zarba. Hozir mavsumning eng muhim pallasi, u esa tushkun holatda», — dedi Xau.
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi joriy mavsumda barcha turnirlarda 35 ta o'yinda ishtirok etib, to'qqizta gol va ettita golli uzatmaga mualliflik qildi.