"Nyukasl" "Tottenxem" ko'zlayotgan futbolchini ilib ketishi mumkin

Frantsiyaning «Lans» klubi darvozaboni Robin Risser Angliya Premer-ligasining ikki klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
21 yoshli Risserning xizmatlariga «Tottenxem» va «Nyukasl» jamoalari qiziqish bildirmoqda. Biroq manbaning so'zlariga ko'ra, ayni damda «qarg'alar»da (Nyukasl) darvozabonni sotib olish imkoniyati yuqoriroq, chunki ular evrokuboklar yo'llanmasi uchun kurasha olishlariga ishonishmoqda. «Tottenxem»da esa bunday imkoniyat hozircha mavjud emas.
Joriy mavsumda Risser barcha turnirlarda 30 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol o'tkazib yubordi va 11 bor o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ta'kidlab o'tish joizki, mavsum boshidan buyon futbolchining bozor qiymati Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 1,5 million evrodan 10 million evrogacha ko'tarildi.