"Tottenxem" yarim himoyachisi Lukas Bergvall "Nyukasl"ga o'tishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira o'z hisobotida xabar berishicha, aynan "qarg'alar" 20 yoshli futbolchi uchun kurashda etakchilik qilmoqda. Manbaga ko'ra, "Nyukasl" istiqbolli shvetsiyalik futbolchi uchun "shporlar"ga 60 million evro atrofida mablag' taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Lukas Bergvallga Dortmundning "Borussiya" va "Nottingem Forest" klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Transfermarkt portali ekspertlari yarim himoyachining narxini 35 million evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda futbolchi "Tottenxem" safida 33 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: Stadion.uz