"Tottenxem" yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun Sandro Tonalini sotib olishga harakat qilmoqda, biroq "Nyukasl" bilan muzokaralar oson kechmayapti. Daily Mail nashrining xabar berishicha, "shporlar" italiyalik futbolchi uchun 75 million funt (87 million evro) miqdorida ikkinchi taklifni yuborishgan. Shunday bo'lsa-da, London klubi rad javobini oldi.

Qayd etilishicha, "Nyukasl" 26 yoshli Tonalini taxminan 100 million funtga (116 million evro) baholamoqda. Hozircha "qarg'alar" o'zlari ma'qul deb hisoblaydigan taklifni qabul qilishgani yo'q.

Sandro Tonali "Nyukasl" safida 110 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 10 ta gol va sheriklariga 10 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: Stadion.uz