«Nyukasl» tajribali o'yinchi bilan shartnomani rasman uzaytirdi

«Nyukasl» va shveytsariyalik himoyachi Fabian Sher o'rtasidagi shartnoma uzaytirildi. Endilikda ushbu kelishuv shveytsariyalik futbolchini «qarg'alar» safida kelasi yozgacha bog'lab turadi, avvalgi shartnoma esa shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga etardi.
Sher 34 yoshda bo'lib, u bugungi kunda «Nyukasl»ning eng tajribali o'yinchilaridan biridir. Fabian klub sharafini 2018 yildan buyon himoya qilib keladi.
«Vil» tarbiyalanuvchisi bo'lgan futbolchi o'z faoliyati davomida «Bazel», «Xoffenxaym» va «Deportivo» klublarida ham to'p surgan. Yakunlangan mavsumda Sher barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. «Nyukasl» APLda 12-o'rinni egalladi va evrokuboklarga yo'llanma ololmadi.