"Nyukasl" tajribali futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

O'ng qanot himoyachisi Kiran Tripper "Nyukasl"dagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.
The Sun xabariga ko'ra, "qarg'alar" 35 yoshli futbolchiga kelasi yil yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishni taklif qiladi.
Tripper 2022 yilda "Atletiko"dan 14 million evroga sotib olgan edi. U jamoa uchun 130 ta o'yinda 4 ta gol urib, 25 ta golli uzatma bergan.