Shanba kuni "Nyukasl" "Shtutgart"dan hujumchi Nik Voltemadeni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Voltemadening ingliz klubiga transferi 85 million evroga baholangan.

Endi "Nyukasl" tarixidagi eng qimmat transferlar uchligi quyidagicha ko'rinish oldi:

1. Nik Voltemade "Shtutgart"dan 85 mln evro evaziga;

2. Aleksandr Isak "Real Sosedad"dan 70 mln evro evaziga;

3. Entoni Elanga "Nottingem Forest"dan 61,4 mln evro evaziga.

Xabaringiz bor, "Nyukasl" 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya sharafini Chempionlar ligasida himoya qiladi. Dastlabki turda Eddi Xau jamoasi "Barselona"ni qabul qiladi.