«Nyukasl» Nmechadan voz kechdi — sababi ma'lum

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha «Nyukasl»ga o'tmaydigan bo'ldi. Bu haqda The Chronicle nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, «Nyukasl» joriy yozda 25 yoshli yarim himoyachining transferini amalga oshirish ehtimolini butunlay rad etgan. «Qarg'alar» bosh murabbiyi Eddi Xau ushbu futbolchining azaliy muxlisi hisoblanadi, biroq «Borussiya»ning moliyaviy talablari «Nyukasl» uchun haddan tashqari yuqorilik qildi.
Germaniya klubi Nmecha uchun deyarli 100 million evro talab qilmoqda. Qayd etilishicha, xavbekning shartnomasida 80 million evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan, biroq ushbu band faqat 2027 yildan boshlab kuchga kiradi.
2025/26 yilgi mavsumda Nmecha barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar