“Nyukasl” Munosni “Osasuna”dan 35+5 million evroga sotib olishga yaqin

“Nyukasl” klubi huquqlarining yarmi “Real”ga tegishli bo'lgan “Osasuna” vingeri Viktor Munosni sotib olmoqchi.
“Qarg'alar” 22 yoshli Ispaniya terma jamoasi a'zosi uchun 35 million evro va bonuslar ko'rinishida 5 million evro taklif qilishdi. Agar “Madrid” ushbu kelishuvni ma'qullasa, transfer summasining yarmini qo'lga kiritadi.
AS nashrining xabariga ko'ra, bitim tayyorgarlik bosqichida turibdi va yaqin vaqt ichida yakunlanishi mumkin.