"Nyukasl" "Monako" yarim himoyachisi Kamara bilan tarkibini kuchaytirmoqchi

"Monako" yarim himoyachisi Lamin Kamara faoliyatini "Nyukasl Yunayted"da davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi futbolchining yanvar oyidagi transferini jiddiy ko'rib chiqmoqda. "Magpilar" hali bu masala bo'yicha "monegask"lar bilan bog'lanmagan.
"Nyukasl Yunayted" hozirda Premer-liga jadvalida 18 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda.