"Nyukasl" yarim finalda "Manchester Siti"ga umumiy 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib, Angliya Liga Kubogidan chiqib ketdi.

Javob uchrashuvi chorshanba kuni "shaharliklar" maydonida bo'lib o'tdi va ular 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Shunday qilib, "qarg'alar" barcha musobaqalarda "Siti"ga qarshi ketma-ket 12 ta safar o'yinida mag'lub bo'lishdi. Opta xabariga ko'ra, bu "Nyukasl"ning bir raqib bilan safardagi mag'lubiyatlari tarixidagi eng uzoq davom etgan seriyadir.

7 fevral, shanba kuni Eddi Hau jamoasi Premer-liga doirasida "Brentford"ga qarshi bahs olib boradi. Ayni damda jamoa chempionat turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.

"Manchester Siti" Liga kubogi finalida "Arsenal" bilan to'qnash keladi.