«Nyukasl» JCh-2026'da porlayotgan futbolchi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda

«Nyukasl» klubi yaqin orada «Frayburg» yarim himoyachisi Yoxan Manzambi bo'yicha birinchi rasmiy taklifni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko'ra, Angliya klubi transfer bo'yicha dastlabki aloqalarni o'rnatib ulgurgan. 20 yoshli shveytsariyalik futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan klub e'tiborini tortdi. Joriy turnirda Manzambi 3 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va o'z terma jamoasining haqiqiy etakchilaridan biriga aylandi.
Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, 20 yoshli futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar