«Nyukasl» himoyachisining qo'polligi qimmatga tushdi (foto)

«Barselona» Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida penalti evaziga «Nyukasl» bilan durang (1:1) o'ynadi.
O'yinning 95-daqiqasida kataloniyaliklar yarim himoyachisi Dani Olmo «Nyukasl» jarima maydonchasiga yorib kirdi va u erda himoyachi Malik Tiau raqibining oyog'iga zarba berdi. Hakam Marko Guida ikkilanmasdan nuqtani ko'rsatdi.

Lamin Yamal penaltini aniq amalga oshirib, «Barselona»ga durang taqdim etdi.