"Nyukasl" himoyachisi Chempionshipda o'ynaydi

"Nyukasl" himoyachisi Mett Targett Angliya chempionatidan "Midlsbro"ga o'tadi.
Angliyalik futbolchi klubda bir yillik ijara shartnomasi asosida o'ynaydi.
Targett 29 yoshli chap qanot himoyachisi.
Futbolchi uch yil avval Birmingemning “Aston Villa” klubidan doimiy shartnoma asosida “Nyukasl”ga ko'chib o'tgandi.
U "Sautgempton" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchining asosiy pozitsiyasi chap qanot himoyachisi, lekin u yarim himoyaning chap qanotida o'ynay oladi.