"Nyukasl" chap qanot himoyachisi Lyuis Xoll Premer-liga gigantlarining qiziqishini uyg'otmoqda.

"Chelsi" vaziyatni kuzatishda davom etmoqda, ammo 21 yoshli futbolchining o'zi "Manchester Yunayted"ga o'tishni afzal ko'rmoqda, deb xabar beradi TEAMtalk nashri. "Ko'klar" uchun umidli ingliz futbolchisini ishontirish qiyin bo'ladi.

Qizig'i shundaki, Lyuis Xoll "Chelsi"ning yoshlar tizimining tarbiyalanuvchisi va klubda 12 yil o'ynagan. "Qarg'alar" futbolchini 2024 yilda londonliklardan 33 million evroga sotib olgan, Transfermarkt esa uning hozirgi transfer qiymatini 40 million evroga baholamoqda.

O'tgan mavsumda Xoll "Nyukasl" safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz