«Nyukasl» Gimaraesni «Arsenal»ga sotmaydi

«Nyukasl»ning braziliyalik yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Londonning «Arsenal» klubiga o'tmaydi. Bu haqda jurnalist Mark Duglas xabar bermoqda.
Manbaga ishonadigan bo'lsak, mish-mishlarga qaramay, «zag'izg'onlar» «Arsenal» yoki boshqa biror klubdan Gimaraesning transferi bo'yicha taklif olishmagan. Shu bilan birga, agar taklif tushgan taqdirda ham, klub o'z futbolchisini sotish niyatida emasligi ta'kidlanmoqda. Manbaning qayd etishicha, Gimaraesning o'zi ham klubga sodiq qolgani sababli «Nyukasl» bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda.
28 yoshli yarim himoyachi 2022 yildan beri «Nyukasl» safida to'p surib kelmoqda. Ortda qolgan klub mavsumida u barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushdi, to'qqizta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar