«Nyukasl» Gimaraes uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda

Angliyaning «Nyukasl» klubi rahbariyati Bruno Gimaraes bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, «Nyukasl» braziliyalik futbolchini «Arsenal»ga sotishdan bosh tortgach, u bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. «Qarg'alar» shartnomaning uzaytirilishi 28 yoshli yarim himoyachining jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi barcha mish-mishlarga chek qo'yadi, deb umid qilishmoqda. Avvalroq Gimaraesning o'zi ham «Nyukasl»da qolmoqchi ekanini ma'lum qilgan edi.
Yakunlangan klub mavsumida Gimaraes barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 9 bor ishg'ol etdi va o'z hisobiga 8 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar