«Frayburg» va Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Yoxan Manzambi «Nyukasl Yunayted»ning qiziqishlar doirasiga kirdi. Angliya klubi futbolchini joriy yozgi transfer oynasida sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deya xabar beradi Sky Sports.

20 yoshli o'yinchiga «hakkalar» tomonidan bo'layotgan qiziqish uning JCh-2026 guruh bosqichidagi sermahsul ishtiroki fonida yanada kuchaydi — u erda futbolchi 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Germaniyaning «Frayburg» klubi o'z yarim himoyachisini taxminan 50 million evroga baholamoqda.

Ortda qolgan 2025/2026 yilgi mavsumda Manzambi 47 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz