"Nyukasl" EChL sababli 2ta futbolchisidan ayrildi

"Nyukasl Yunayted" murabbiyi yangi o'yin oldidan jamoadagi jarohatlanganlar haqida fikr bildirdi. Xabarlarga ko'ra, "Nyukasl" "Bayer Leverkuzen" bilan bahsda ikkita futbolchisidan ayrilgan. Eddi Xou bu haqida shunday deydi: "Joelinton chov sohasidan jarohat oldi. Lyuis Mayli esa mushaklarida noqulaylik his qildi".
"Nyukasl" keyingi bahsini "Sanderlend" maydonida, APL doirasida yakshanba kuni o'tkazishi belgilangan.