"Nyukasl"dagilar Isakni shu haftada mashg'ulotlarga qaytishiga umid qilishmoqda

"Nyukasl" hamon hujumchi Aleksandr Isak bilan hamkorlikni davom ettirishni istamoqda. Ma'lumki, 25 yoshli futbolchi jamoada o'ynashni istamayapti, chunki u boshqa klubga o'tishni rejalashtirmoqda. Isak individual dastur bo'yicha shug'ullanmoqda, biroq "hakkalar" rahbariyati shvetsiyalik shu haftadayoq jamoa bilan to'laqonli mashg'ulotlarga qaytishiga ishonmoqda, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano. Vaziyat seshanba kuni oydinlashishi kerak.
Bugun, dushanba kuni "Nyukasl" o'z maydonida APL 2-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi. Aynan mersisaydliklar Aleksandr Isak uchun asosiy da'vogar hisoblanadi, ammo muzokaralar qayta boshlanishi yoki boshlanmasligi hozircha noma'lum.