"Nyukasl" bosh murabbiyi Rummeniggening haqoratiga javob qaytardi

"Bavariya" boshqaruvidagi Karl-Xaynts Rummenigge hujumchi Nik Voltemade uchun 75 million evro to'laganlarni ahmoq deb atadi. Myunxenliklar ham bu futbolchini qo'lga kiritmoqchi edi, ammo u "Nyukasl"ga yo'l oldi.
Rummeniggening haqoratli so'zlariga "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau javob qaytardi.
"Transfer narxlarini qandaydir klub emas, bozor belgilaydi. Nik biz bilan ekanligidan juda xursandmiz. O'ylaymanki, u mavsumni yaxshi boshladi," - dedi Xau jurnalistlarga.
Chorshanba kuni "Nyukasl" Chempionlar ligasi doirasida "Yunion Sent-Jilluaz" mehmoni bo'ladi.