Angliya Premer-ligasining 34-turi doirasida kechayotgan «Nyukasl»ga qarshi bahsda «Arsenal» jamoasi jiddiy yo'qotishga uchradi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida londonliklar hujumchisi Kay Xaverts kutilmaganda maydonga o'tirib, o'yinni davom ettira olmasligini bildirdi.

Germaniyalik futbolchining o'rniga zaxiradan Viktor Dokeresh maydonga tushirildi. Xavertts esa tibbiyot xodimlari hamrohligida to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi.