"Nyukasl" "Bavariya"ning transfer maqsadini ilib ketdi

"Nyukasl" Nik Voltemadeni o'z safiga qo'shib oladi.
APL klubi "Shtutgart" bilan hujumchi transferi bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.
Bitim summasi 85 mln evro va bonuslar sifatida 5 mln evroni tashkil etadi.
23 yoshli futbolchi allaqachon jamoa bilan xayrlashib, Angliyaga yo'l olgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Bavariya" Voltemadega da'vogarlik qilgandi. Keyinroq "Shtutgart" futbolchini bu mavsumda ham saqlab qolish istagida ekanini ma'lum qildi.