«Nyukasl» asosiy himoyachisi jarrohlik amaliyotini o'tkazdi

«Nyukasl» safida to'p tepayotgan 26 yoshli himoyachi Sven Botman yuz suyagidagi jarohat tufayli jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
Niderlandiyalik futbolchining safga qaytish muddati hozircha ochiqlanmagan. U Premer-liganing 31-turi doirasida «Sanderlend»ga qarshi kechgan bahsda (1:2) jarohat olgan edi.
Joriy mavsumda Botman «qarg'alar» libosida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Bugungi holatga ko'ra, Eddi Xau shogirdlari 42 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalining 12-pog'onasini egallab turibdi.