"Vest Xem" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Angliya Premer-ligasining 14-turida "Manchester Yunayted" bilan 1:1 hisobidagi durang haqida fikr bildirdi.

"Biz futbolchilarning mehnatidan faxrlanishimiz kerak; ular "Manchester Yunayted"ni jilovlash uchun juda ko'p mehnat qilishdi. Biz durang o'yinidan mamnun bo'lishimiz kerak. Hisobni tenglashtirganimizda, men juda xursand bo'ldim, chunki menimcha, o'sha paytda o'yinni nazorat qildik va kerakli tezlikka ega bo'ldik. Men Jarrod Bouenning o'yinidan juda mamnunman. Biz uning sardor ekanligidan, o'rnak ko'rsatib, etakchilik qilayotganidan juda xursandmiz. U bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi", - deya Santuning so'zlarini keltiradi BBC.

"Manchester Yunayted" 22 ochko to'pladi va Premer-liga jadvalida sakkizinchi o'ringa ko'tarildi. "Vest Xem" 12 ochko bilan 18-o'rinda.