Kataloniyaning "Barselona" jamoasi sobiq o'yinchisi Maksvell "PSJ"ning portugaliyalik himoyachisi Nunu Mendeshning o'yinini baholadi.

"Bu yigitning tezligi hayratlanarli. To'pni boshqarayotganda, Mendesh kabi yuqori tezlikni saqlab qolish juda mushkul. U ajoyib futbolchi. Nununi engish oson emas, chunki u hujumchilarga ko'p bo'sh joy bermaydi. Himoyada u juda ishonchli harakat qiladi," - deya braziliyalik futbolchining so'zlarini keltiradi Ligue 1+.

23 yoshli portugaliyalik lateral himoyachi 2022 yilning yozidan beri Parij jamoasi safida to'p tepmoqda. Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Mendeshning transfer qiymati 75 million evroga baholanmoqda.