"Vest Xem" hamon Nunu Eshpiritu Santu qo'l ostida g'alaba qozona olmayapti.

"Bolg'achilar" APLning 8-turida "Brentford"ga (0:2) imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Bungacha "Arsenal"dan mag'lubiyat (0:2) va "Everton" bilan durang (1:1) qayd etilgandi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik murabbiy jamoani 27 sentyabr kuni qabul qilib olgan edi. Avvalroq, klub mavsumdagi 6 o'yinda 5 mag'lubiyatdan so'ng, Grem Potterni iste'foga chiqargan edi.

24 oktyabr kuni "Vest Xem" Premer-liganing 9-turida "Lids" mehmoni bo'ladi.