Nunesga ikki klub da'vogarlik qilmoqda

“Al-Hilol” hujumchisi Darvin Nunmes yozda klubini o'zgartiradi. Bu haqda El Obsador nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, urugvaylik forvard Saudiya klubi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bo'yicha muzokara o'tkazmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Darvinga ikkita klub da'vogarlik qilmoqda. Hujumchini “Chelsi” va “Yuventus” o'z safiga qo'shib olmoqchi. Transfermarkt portali uning narxini 25 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Darvin Nunes “Al-Hilol” safida 24 ta o'yin o'tkazdi. Ularda hujumchi to'qqizta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: www.euro-football.ru