Nunes qishda "Al-Hilol"dan ketadimi?

So'nggi vaqtlarda OAVda Darvin Nunesning qishki transfer oynasida “Al-Hilol” klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, futbolchiga yaqin manbalar bu ma'lumotlarni inkor etdi.
26 yoshli forvard hozirda bor e'tiborini riyodliklar safida o'ynashga qaratgan va klubda mamnun.
Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt hozirda uni 45 million evroga baholamoqda.
"Hilol" safida Nunes jami 11 ta o'yinda 5 ta gol urib, 2 ta golli uzatma bergan.